Jurnal haqida
«Innovatsion ta’lim va iqtisodiyot» (IEE) — ta’lim va iqtisodiyot sohasidagi original ilmiy tadqiqotlarni nashr etuvchi, chorakda bir marta chiqadigan ochiq kirishli xalqaro ilmiy-elektron jurnal.
Jurnalning asosiy maqsadi
Ta'lim va iqtisodiyot sohasidagi eng so‘nggi ilmiy yutuqlar, innovatsion yondashuvlar va amaliy tadqiqot natijalarini ommalashtirish, shuningdek, mahalliy va xorijiy olimlar, tadqiqotchilar hamda amaliyotchilar o'rtasida o'zaro ilmiy tajriba almashinuvini qo'llab-quvvatlashdan iborat. Jurnal akademik muloqotni rivojlantirishga xizmat qiladi va professor-o‘qituvchilar, doktorantlar (DSc, PhD), mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar hamda soha mutaxassislarining maqolalarini chop etishga qaratilgan.
Jurnalning asosiy yo‘nalishlari
- Ta'lim sifati va innovatsion pedagogik texnologiyalar;
- Raqamli iqtisodiyot va innovatsion rivojlanish;
- Inson kapitali va mehnat bozori;
- Ta'lim va iqtisodiyot integratsiyasi.
Ilmiy ixtisosliklar (OAK shifrlari)
Jurnal quyidagi ilmiy ixtisosliklar bo‘yicha maqolalar qabul qiladi:
Iqtisodiyot fanlari (08.00.00):
- 08.00.01 — Iqtisodiyot nazariyasi
- 08.00.02 — Makroiqtisodiyot
- 08.00.05 — Xizmat koʻrsatish tarmoqlari iqtisodiyoti
- 08.00.07 — Moliya, pul muomalasi va kredit
- 08.00.08 — Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit
- 08.00.11 — Marketing
- 08.00.12 — Mintaqaviy iqtisodiyot
- 08.00.13 — Menejment
- 08.00.14 — Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari
- 08.00.15 — Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti
- 08.00.16 — Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya
- 08.00.17 — Turizm va mehmonxona faoliyati
Pedagogika fanlari (13.00.00):
- 13.00.01 — Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi
- 13.00.02 — Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fan turlari boʻyicha)
- 13.00.05 — Kasb-hunar taʼlimi nazariyasi va metodikasi
Akademik halollik, antiplagiat va sun'iy intellekt (AI) siyosati
Antiplagiat nazorati: Jurnal tahririyati akademik halollik va mualliflik huquqlariga qat'iy rioya qiladi. Kelib tushgan har bir maqola dastlabki bosqichda nufuzli antiplagiat dasturlari orqali tekshiriladi. Maqolaning o'ziga xoslik (originallik) darajasi 85% dan kam bo'lmasligi (ya'ni, ko'chirmachilik 15% dan oshmasligi) qat'iy talab etiladi. Me'yordan yuqori bo'lgan maqolalar darhol rad etiladi.
Sun'iy intellekt (AI) siyosati: Jurnal COPE (Committee on Publication Ethics) ko'rsatmalariga to'liq amal qiladi. ChatGPT, Gemini, Claude yoki boshqa AI vositalari muallif sifatida ko'rsatilishi mumkin emas. AI dan faqatgina matn tahriri yoki tarjima uchun foydalanishga ruxsat etiladi. AI yordamida generatsiya qilingan matn hajmi 15% dan oshgan holatlarda, maqola ko'rib chiqishsiz rad etiladi.
Taqrizlash va nashr jarayoni
- Taqrizlash (Peer-review): Ikki tomonlama anonim (double-blind) taqriz tizimi.
- Xalqaro identifikatsiya: Har bir maqolaga xalqaro DOI raqami biriktiriladi.
- Ochiq kirish (Open Access): CC BY (Creative Commons Attribution) litsenziyasi asosida bepul va ochiq kirish.
Indekslanishi va ilmiy bazalar
Jurnal dunyodagi nufuzli ilmiy-metrik bazalarda, xususan: Google Scholar, Crossref, Zenodo va boshqa xalqaro kutubxonalarda indekslanadi.
Tillar va qabul jarayoni
- Nashr tili: o‘zbek, ingliz va rus tillari.
- Maqolalar qabul qilish: yil davomida uzluksiz ochiq.
