Jurnal haqida
«Innovatsion taʼlim va iqtisodiyot» (IEE) — taʼlim va iqtisodiyot sohasidagi original ilmiy tadqiqotlarni nashr etuvchi, chorakda bir marta chiqadigan ochiq kirishli xalqaro ilmiy-elektron jurnal.
Har bir maqola ikki tomonlama anonim (double-blind) taqrizdan oʻtadi, antiplagiat va sunʼiy intellekt tekshiruvidan soʻng DOI raqami bilan nashr etiladi. Jurnal Google Scholar, Crossref, Zenodo va boshqa xalqaro bazalarda indekslanadi.
Jurnalning asosiy yoʻnalishlari:
- Taʼlim sifati va innovatsion pedagogik texnologiyalar
- Raqamli iqtisodiyot va innovatsion rivojlanish
- Inson kapitali va mehnat bozori
- Taʼlim va iqtisodiyot integratsiyasi
Nashr tili: oʻzbek, ingliz va rus tillari. Maqolalar qabul qilish yil davomida ochiq.
